Iroqda 640 dan ko‘proq kishining ommaviy qabri topildi
Iroqning Anbar viloyati Al-Faluja shahri yaqinida 643 kishining jasadi ko‘milgan ommaviy qabr topildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, qabr 2016 yilga oid bo‘lib, o‘shanda bu hudud IShID jangarilari tomonidan nazorat qilingan. Mahalliy hokimiyatning taxmin qilishicha, qabrga ko‘milganlar “al-muhamda” qabilasi a'zolari bo‘lib, ular izsiz yo‘qolishgan va hanuzgacha ular haqida hech narsa ma'lum emas.
Qabrdagi jasadlar orasida bolalar jasadlari ham bo‘lgan.
IShID jangarilari 2014 yil yozida Iroqning uchdan bir qismini egallab olgan. Shu yilning iyunida ular Iroqning yirikligi bo‘yicha 2-raqamli shahri – Mo‘sulni egallab olib, uni o‘z poytaxtlari deb e'lon qilishgan. 2015 yilda hukumat kuchlari xalqaro koalitsiya ko‘magida jangarilar bosib olgan hududlarni ozod qilish bo‘yicha katta ko‘lamli kampaniyani boshlagan. 2017 yil dekabrda Iroq bosh vaziri mamlakatda IShID batamom yo‘q qilinganini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024