Light | 21:25 / 15.12.2019
40039
1 daqiqa o‘qiladi

Kardiolog o‘z yuragini sog‘lom holda saqlash uchun nimalar qilishi haqida so‘zlab berdi

Foto: Getty Images

Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi klinika bosh shifokori, kardiolog Torsten Dill yuragini sog‘lom saqlash uchun nimalarga amal qilishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Focus nashri xabar berdi.    

Dillning ta'kidlashicha, u ob-havo qandayligidan qat'i nazar, haftada uch marta bir soatdan sayr qiladi, chunki yurak uchun muntazamlik muhimdir.

Uning aytishicha, u liftdan foydalanishdan voz kechib, zinapoyalardan foydalanadi.

Kardiolog jismoniy mashqlardan tashqari, vaznni barqaror saqlash uchun ovqatlanishda ma'lum qoidalarga amal qilishini aytgan. Misol uchun, u go‘sht o‘rniga baliq va sabzavotlarni afzal ko‘radi.

Shifokorning e'tibor qaratishicha, yurak kasalliklarining asosiy omili stress hisoblanadi, chunki u ko‘pincha uyqu bilan muammolar va tamaki chekish, spirtli ichimlik ichish va ko‘p shirinlik yeyish kabi zararli odatlarga sabab bo‘ladi. 

Mavzuga oid