Sport | 13:40 / 15.12.2019
6816
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» Stiven Jyerrard jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Foto: AFP/Getty Images

Superligani 2-o‘rinda yakunlagan Toshkentning «Lokomotiv» klubi OChL saralash bosqichida ishtirok etishi bois, yangi mavsumga tayyorgarlikni nisbatan erta boshlaydi, deya xabar bermoqda klubi rasmiy sayti.

«Temiryo‘lchilar» 21 yanvardan Osiyo chempionlar ligasiga kirishadilar. Shu kuni Toshkentda Tojikiston chempioni «Istiqlol» OChL pley-off bosqichi doirasida mehmon bo‘ladi. «Istiqlol» mag‘lub etilsa, «Loko» 28 yanvar kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga qarshi guruhga yo‘llanma beruvchi pley-off uchrashuvini o‘tkazadi. 

Ushbu bahslarga tayyorgarlik doirasida «Lokomotiv» Dubayda Xitoy Superligasi

«Jiangsu Sunin» va Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri «Glazgo Reyndjers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu klubni hozirda «Liverpul» sobiq sardori Stiven Jyerrard boshqarmoqda» - deyiladi manbada.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, har ikki xorij klubiga «Lokomotiv» klubi o‘rtoqlik o‘yini masalasida taklif bilan chiqqan va ular rozilik bildirishgan. Toshkent klubi «Glazgo Reyndjers» bilan 10 yoki 11 yanvar kuni o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Glazgo Reyndjers» Shotlandiya chempionati 17-turidan keyin 38 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Seltik» hisobida 40 ochko bor.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid