Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriyadan AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborishning ikkita yo‘li borligini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdan AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborish uchun terrorchilarni yo‘q qilish va AQSh bilan hamkorlik qilayotgan mahalliy qurolli guruhlarni Damashq tomoniga og‘dirish kerak deb hisoblaydi. U bu haqda Xitoyning "Feniks" telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Birinchidan, amerikaliklarning Suriyaga kirishiga mamlakat hududida terrorchilar mavjudligi sabab bo‘lgan. Shu bois bu ekstremistlarni yo‘q qilishimiz shart. Bu ustuvor vazifamiz", - ta'kidladi Asad.
U shuningdek, Suriyada "AQSh homiyligi ostidagi qurolli guruhlar mavjud"ligini qo‘shib qo‘ydi.
"Bu guruhlarni turli usullar, ayniqsa muloqot orqali ularni Suriya hukumati tomoniga o‘tishga va umumiy manfaatlarga javob beradigan jarayonlarda ishtirok etishga ko‘ndirish zarur. Shunda amerikaliklarning Suriyada bo‘lishi uchun hojat qolmaydi", - dedi u.
Asadning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi amerikalik harbiylarning aniq sonini aytish qiyin, chunki gap nafaqat AQSh qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari, balki Suriyada AQSh bilan hamkorlik qilayotgan xususiy harbiy kompaniyalardagi "minglab, ehtimol o‘n minglab shaxslar" haqida bormoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025