Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘zbek va rus tilini bilish darajasini aniqlovchi test namunalari yaratildi
Davlat test markazi o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha testlarni ishlab chiqdi. Hozirda bu testlarning aprobatsiyasi o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, rus tilini bilish darajasi bo‘yicha standartlarga javob beruvchi B1 va B2 darajasidagi test namunalari ham yaratilgan. Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Sardor Rajabovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Rus tilida 5ta ko‘nikma: leksika va grammatika, tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazuvchi mazkur testlar Moliya akademiyasi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari o‘rtasida aprobatsiyadan o‘tkazildi.
Mazkur testlar tahlili va aprobatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan», – deydi DTM Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rajabov.
Uning ma’lum qilishicha, rus tili bo‘yicha test loyihasining baholash mezonida maksimal ball 150 hisoblanib, 90 ball to‘play olgan talabgorga sertifikat berilishi mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, o‘zbek va rus tillaridan test loyihalari hali yangilik hisoblanib, qachon amaliyotga joriy qilinishi yoki mazkur testlardan kerakli ball to‘plagan talabgorlarga kirish imtihonlarida imtiyoz berilishi bilan bog‘liq mexanizm yaratilmagan.
Mavzuga oid
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
17:06 / 17.04.2025