Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«YuNeSKOning talabi – tegmaslik, lekin loydan bo‘lgan madaniy meros obektlarimizni ta'mirlamasak ularni yo‘qotamiz» – Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirov YuNeSKO O‘zbekistondagi tarixiy obektlarga nisbatan qarash va yondoshuvini o‘zgartirishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda u «Demokratik debat» tok-shousining 17 dekabr kungi sonidan keyin Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.
«Bizdagi madaniy meros obektlari o‘ziga hos. YuNeSKO ro‘yxatidagi juda ko‘p madaniy me'ros namunalari tosh, g‘isht va marmardan qilingan. O‘zbekistondagi madaniy meros obektlarining o‘ziga xosligi – ular loydan qilingan.
YuNeSKOda bizning obektlarimizga nisbatan boshqacha qarash yo‘q. U mana shu binolar ustiga loydan suvoq tortilsa ham o‘zining talablari buzilgan, deb hisoblaydi.
Tashkilotning talabi madaniy meros obektlariga umuman tegmaslik, lekin bizdagi madaniy me'ros obektlari mutaxassis tomonidan belgilangan shaklda restavratsiya qilib turilmasa, biz ularni yo‘qotib qo‘yamiz.
Aynan shu sababli YuNeSKOning O‘zbekistondagi tarixiy obektlarga nisbatan qarash va yondoshuvini o‘zgartirish ustida ishlayapmiz», deydi Alisher Qodirov.
Mavzuga oid
16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda
19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi
18:01 / 11.04.2025