Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘ziga qarshi impichment jarayonini davlat to‘ntaruviga urinish deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp unga qarshi impichment jarayonini boshlagan, kongressning quyi palatasi spikeri Nensi Pelosiga maktub yo‘llab, u boshchiligida demokratlar bunday xatti-harakatlari bilan davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinayotganlari va AQSh konstitutsiyasini buzayotganlarini aytgan.
“Demokratlar tomonidan quyi palatada o‘tkazilayotgan ushbu impichment kampaniyasiga qat'iy norozilik bildiraman. Bu AQSh qonunchiligining 250 yillik tarixidagi misli ko‘rilmagan va konstitutsiyaga zid bo‘lgan hokimiyatni suiiste'mol qilishlikdir”, deyilgan maktubda.
“Bu davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga noqonuniy urinishdir. Siz nafaqat menga, balki butun Respublikachilar partiyasiga qarshi chiqmoqdasiz”, deb yozgan Tramp.
Uning ta'kidlashicha, impichmentga hech qanday asos yo‘q, chunki na bir jinoyat, na qoidabuzarlik yoki boshqa bir qonunga xilof xatti-harakat bo‘lgan. “Noqonuniy impichmentni davom ettirib, siz konstitutsiyaga sodiq bo‘lishga bergan qasamyodni buzmoqdasiz va Amerika demokratiyasiga qarshi urush e'lon qilmoqdasiz”, deb davom etgan AQSh prezidenti.
Pelosi, o‘z navbatida, Trampga qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha senatda 18 dekabrda ovoz berish oldidan demokratlarga murojaat qilgan.
“Afsuski, faktlar prezident shaxsiy siyosiy foyda uchun hokimiyatni suiiste'mol qilgani va javobgarlik, konstitutsiya va AQSh xalqidan ustunroq bo‘lishni talab qilib, kongressga qarshilik qilganini ko‘rsatmoqda. Amerikada hech kim qonundan ustunroq emas”, deb yozgan Pelosi.
AQShda anonim informator Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk telefon suhbatida unga bosim o‘tkazishga uringanini ma'lum qilgandan keyin mojaro yuzaga kelgandi.
Mavzuga oid
18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi
15:15 / 06.04.2025
Amerikalik kongressmen Trampga impichment e’lon qilish bo‘yicha da’vo kiritishga va’da berdi
20:01 / 02.04.2025