Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh xalqaro strategik tadqiqotlar assotsiatsiyasi prezidenti Gregori Kopli Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga xalqaro kuzatuvchi – Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqaro strategik tadqiqotlar assotsiatsiyasi prezidenti Gregori Kopli tashrif buyurdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga ko‘ra, Gregori Kopli strategik masalalar va tarix bo‘yicha 32 kitob hamda mingdan ziyod maqola, leksiyalar muallifi va hammuallifidir.
Mehmon dastavval Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng saylov uchastkasida bo‘lib, u yerda saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Saylov jarayonida oshkoralik va demokratik tamoyillarning ta'minlanishi borasida o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Tashrif davomida Gregori Kopli va Qurolli Kuchlar akademiyasi mas'ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy ta'lim va harbiy kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Xususan, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy ta'limni rivojlantirish borasidagi istiqbolli chora-tadbirlar, bu borada xorij davlatlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025