Light | 20:10 / 19.12.2019
16748
2 daqiqa o‘qiladi

Chili qalampiri yurak bilan muammolarga ega odamlar uchun «ideal» mahsulot deb ataldi

“Rossiyskaya gazeta” nashrining xabar berishicha, Chili qalampirini muntazam iste'mol qilish yurak xuruji xavfini 40 foizga kamaytiradi. Bu borada olib borilgan tadqiqot natijalari Journal of the American College of Cardiology nashrida chop etilgan.

Buni Italiyaning Molize viloyatida 23 ming kishi ishtirokida o‘tkazilgan tajriba ko‘rsatgan. Olimlar 8 yil davomida mahalliy aholining ovqatlanishi haqidagi ma'lumotlarni to‘plashgan. Bu vaqt ichida tajriba ishtirokchilaridan 1236 nafari turli sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Ishtirokchilar ratsioni tahlil qilingach quyidagi xulosa chiqarilgan: Chili qalampirining haftasiga kamida 4 marta iste'mol qilinishi yurak xuruji xavfini 40 foizga kamaytirgan. Ijobiy natija ratsionda boshqa mahsulotlar bor-yo‘qligidan qat'i nazar saqlanib qolgan.

Bunda Chili qalampiri doimo oldinga chiqqan. Uning ratsionda mavjudligi yurak ishemik kasalligi va tserebrovaskulyar kasallik (miya tomirlarining torayishi bo‘lib, u miyaga kislorod yetishmasligi va miya funksiyalari buzilishiga olib keladi) rivojlanishi ehtimolini kamaytirgan.

Mavzuga oid