YUNISEF yil fotosuratini e'lon qildi
BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF 2019 yil fotosurati tanlovi g‘olibini e'lon qildi. Tanlovda ishtirok etgan suratlar xalqaro tashkilot saytida joylashtirilgan.
1-o‘rinni nemis fotosuratchisi Xartmut Shvarsbaxning surati egallagan. Unda Manila ko‘rfazida plastik chiqindilarni yig‘ayotgan 13 yoshli filippinlik bola tasvirlangan.
Ta'kidlanishicha, ushbu surat davrimizning uch fojiasini o‘zida aks ettirgan: nochorlik, atrof-muhitning ifloslanishi va bolalar mehnati.
2-o‘rinni avstraliyalik Endryu Kuilti afg‘onistonlik bolalar surati bilan egallagan. Surat Afg‘onistondagi urushning ayanchli oqibatlarini ko‘rsatib, unda bomba portlashi oqibatida yaralangan 7 bola tasvirlangan.
3-o‘rinni ispan fotosuratchisi Antonio Aragon Renunsioning Burkina-Fasoda oltin izlovchi bolalarning azob-uqubatlari aks etgan surati egallagan.
Mavzuga oid
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
22:44 / 03.08.2024
Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF
18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
09:41 / 16.05.2024