2019 yilda sayyoraning qancha o‘rmoni yonib ketdi: olimlar qo‘rqinchli videoni taqdim etishdi
Olimlar va jamoat arboblari sanoatdagi karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish imkonini beradigan chora-tadbirlar to‘g‘risida bahslashayotgan bir paytda sayyoramiz yonishda davom etmoqda.
Tropik Afrika, Alp tog‘lari, Ispaniya, Avstraliya, Sibir, Kaliforniya, Amazoniya — ushbu mintaqalarning barchasi har yili o‘rmon yong‘inlari sababli achchiq tutunga burkanadi. Yangilik dasturlari yoki internet nashrlaridagi ma'lumotlarning o‘zi bilan ushbu ofatning haqiqiy miqyosini tasavvur qilish qiyin. Odamlar sayyoramizda har yili qancha o‘rmon yonishini taxmin qilishlari uchun mutaxassislar sun'iy yo‘ldosh suratlari asosida o‘tgan yil davomida yong‘inlar maydoni ko‘rsatilgan vizual tasvirni yaratishdi va bu haqiqatan ham hayratda qoldiradigan video.
Sayyoramiz hayotining har bir daqiqasida yuzlab va minglab gektar o‘rmonlarni olov yo‘q qilib yuboradi. Mavsumiy xarakterdagi Afrika yong‘inlari o‘z miqyosi bilan ajablanarli: qishda, quruq mavsumda savannalar va ekvator shimolidagi o‘rmonlar yonadi, yozda esa qit'aning janubiy qismi olov ichida qoladi. Ushbu yong‘inlar qisman qishloq joylarini tozalash maqsadidagi odamlar ehtiyotsizligi oqibatida, shuningdek tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi.
Sibir, Amazonka, Janubi-Sharqiy Osiyo va Bolqonda yong‘inning katta o‘choqlari aniq ko‘rinadi. AQSh va Kanadada ham vaziyat yomonlashgan. Qurg‘oqchil Kaliforniya Shimoliy Amerikadaning an'anaviy yong‘in o‘chog‘i hisoblanadi, Kanadaning Alberta provinsiyasi esa bu yil shu qadar shiddat bilan yondiki, alangadan chiqqan tutun Atlantika okeani orqali o‘tib, Yevropaga yetib bordi. Avstraliya ham shu jumladan, odamlar ulkan o‘rmon yong‘inlariga qarshilik ko‘rsatolmaydigan mintaqadir.
Ammo faqat tropiklar va taygalar (igna bargli qalin o‘rmon) yondi deb bo‘lmaydi. Bu yil shimoliy yarim sharda 100dan ortiq yong‘inlar qayd etildi, ular qutb doirasidan shimolda yuzaga kelgan. O‘rmon-tundrada ham qor kamayishi bilanoq katta yong‘inlar kuzatilmoqda.
Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri o‘rmon yong‘inlari natijasida sayyoramiz atmosferasiga 6 million tonnadan ortiq karbonat angidrid ko‘tarilgan. Bu juda katta qiymat. Ammo, baribir, insoniyat sivilizatsiyasining yillik sanoat chiqindilaridan kelib chiquvchi 8 milliard tonnadan oshuvchi karbonat angidrid ko‘rsatkichidan ancha kam.
Mavzuga oid
23:36 / 11.10.2024
O‘rmon yong‘inlari Peru ekotizimi va yovvoyi tabiatini yakson qilmoqda
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
23:33 / 16.09.2024