Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Brexit bo‘yicha kelishuv ma'qullandi
20 dekabrda Britaniya quyi palatasi deputatlari bosh vazir Boris Jonson taxmin qilganidek, qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qonun loyihasini ma'qullashdi.
Kelishuvga 358 deputat ovoz bergan, 234 deputat esa qarshi chiqqan. Endi qonun loyihasi lordlar palatasiga ma'qullash uchun beriladi, undan keyin hujjatni qirolicha Yelizaveta II imzolashi kerak.
Jonsonning taxminicha, bu 2020 yil yanvarining birinchi o‘n kunligidan kech yuz bermasligi kerak. Agar shunday bo‘lsa, Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etadi. So‘ngra bir yillik o‘tish davri amal qilib, unda tomonlar savdo va boshqa sohalar bo‘yicha kelishuv tuzishlari kerak bo‘ladi.
Britaniya parlamenti anchadan beri “Brekzit”ni ma'qullovchi qonun loyihasini qabul qila olmayotgandi. Unga muxolifat qarshi chiqayotgandi. Vaziyatni Jonson yetakchilik qiluvchi Konservatorlar partiyasi muddatdan avval saylovlarda g‘alaba qilgandan keyin o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
20:02 / 24.05.2025