Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qimmat dori lotereya tamoyili asosida bepul taqsimlanadi
Shveytsariyaning Novartis AG farmatsevtika kompaniyasi bolalardagi spinal mushak atrofiyasini davolashda qo‘llaniladigan dunyodagi eng qimmat Zolgensma dori vositasini bepul taqsimlash dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.
Bu dastur mazkur dori vositasini sotish hozircha ma'qullanmagan davlatlarda amalga oshiriladi. Ayni paytda Zolgensma sotuviga faqat AQShda ruxsat berilgan bo‘lib, bir martalik dorining narxi 2,1 mln dollar turadi.
The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, bu dastur lotereyaga o‘xshab ketadi. Novartis kompaniyasining Zolgensma dori vositasini ishlab chiqaruvchi AveXis sho‘'ba kompaniyasi yiliga 100 dozaga yaqin dori vositasini ajratadi. Mustaqil komissiya ikki haftada bir marta shifokorlar tomonidan berilgan arizalar orasidan qur'a tashlash yo‘li bilan dori kimga berilishini aniqlaydi. Hozirda birgina Yevropada 1,6 mingga yaqin bola o‘ta og‘ir shakldagi spinal mushak atrofiyasidan azob chekmoqda.
Novartis vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya dori vositalarini murakkab o‘lchovlar asosida beradigan bo‘lsa, bu ayrim bemorlarning huquqini poymol etishi mumkinligini aytdi.
"Biz o‘ta og‘ir qaror qabul qilishga majburmiz. Afsuski, bundan boshqa yaxshiroq yechim yo‘q", - dedi u.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
10:46 / 14.03.2025