Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX binosi oldida otishma uyushtirgan jinoyatchi bartaraf etildi
Moskva markazida, Federal xavfsizlik xizmati bosh binosida otishma uyushtirgan erkak bartaraf etildi. Uning shaxsi o‘rnatilmoqda. Bu haqda FXXda ma'lum qilindi.
“Kommersant'” nashri ma'lumotlariga ko‘ra, FXX binosidagi otishma 19 dekabr soat 18lar atrofida yuz bergan.
Katta Lubyanka ko‘chasida yuz bergan voqea oqibatida FXXning bir xodimi halok bo‘lgan, yana ikki xodimi og‘ir jarohat olgan.
FXXda bosqinchilar 3 kishi bo‘lgani haqida avval tarqatilgan ma'lumot inkor etilgan. Maxsus xizmatda ta'kidlanishicha, jinoyatchi bir o‘zi harakat qilgan va bino ichiga bostirib kirmagan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Otishma yuz bergan vaqtda Rossiya xavfsizlik idoralari xodimi kuni munosabati bilan konsert o‘tayotgan bo‘lgan. Unda Rossiya prezident Vladimir Putin ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
07:41 / 10.05.2025