Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ulomjon Samadov: «Intervyuda yozib berilgan gapni to‘g‘ri o‘qidimmi, deydigan deputatlar ham bo‘lgan»
Xalqaro press-klub bosh prodyuseri G‘ulomjon Samadov O‘zbekiston parlamentining yaqin o‘tmishiga oid xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zbekistonda parlament maktabi sovet ittifoqidan qolgan. Undan keyin ham O‘zbekiston hukumat «dostup»idagi parlamentni ko‘rdi. Hukumat bosimidagi deputatlarni ko‘rdi.
Bu gaplar bir necha marta aytildi. Mening o‘zim bir necha marta televideniyega intervyu beradigan deputat gapiradigan gapni o‘z qo‘lim bilan yozib berganman, mana shu operatorimiz kameraga olyapti, kameraning oldiga matnni 26 formatda qo‘yib berganmiz. Deputat shuni o‘qib bergan. Shunday deputatlar bo‘lgan. Uyalmasdan «To‘g‘ri o‘qib berdimmi, gap tegmaydimi?» degan deputatlar ham bo‘lgan.
Shular besh yil «PP» raqamli mashinada yurdi, imtiyozdan foydalandi, «znachok» taqib oshlarga bordi. Mana shunaqa deputatlarni ko‘rdik», – degan Samadovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Xalqaro press-klub bosh prodyuseri 22 dekabrdagi saylovda qatnashadigan siyosiy partiya vakillariga murojaat qilib, bu xatolar yana takrorlanish-takrorlanmasligini so‘radi.
«Xalqning, odamlarning xavotiri shunda. Shuning uchun odamlar deputatlarga, parlamentga ishonmaydi. Yoki haliyam biz bilmagan gaplar bormi? Hukumat haliyam parlamentga bosim qilyaptimi degan xavotir, masalan, menda ham bor», – dedi Samadov.
Moderatorning avvalgi deputatlarga oid so‘zlarini Liberal demokratik partiya vakili Nuriddin Murodov ham tasdiqladi.
«Siz aytgan masalalar bir necha yillar oldin bor edi. Haqiqatan bor edi. Hozir yurtboshimizning siyosiy irodasi bilan bu narsalarga chek qo‘yildi. Buni ochiq aytish kerak. Hozir xohlagan parlament a'zosi, u senator bo‘ladimi yoki deputat bo‘lishidan qat'i nazar, xohlagan fikrni xohlagan rahbarga ochiq aytyapti.

Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasi vakolatini pasaytirish bo‘yicha qarorlari chiqdi, bu bo‘yicha qonunlar chiqdi. Hozir hatto hukumat a'zolarini tasdiqlash bosqichma-bosqich parlamentga o‘tyapti. Men o‘ylaymanki, bunaqangi shubha-gumonga borishimiz noo‘rin bo‘ladi. Prezidentimiz boshlagan siyosatimiz orqaga qaytmaydi, deb aytgan. Biz ham yetakchi siyosiy partiya sifatida shuning tarafdorimiz», – deydi Murodov.
Mavzuga oid
10:04 / 12.05.2025
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat
15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
21:45 / 22.04.2025