Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiklash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyat litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalanadi.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash obektni:
konservatsiyalash; restavratsiya qilish; ta'mirlash; zamonaviy foydalanishga moslashtirish; tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash:
arxeologiya yodgorligida arxeologiya tadqiqotlarini olib borish va arxeologiya yodgorligini tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeolog tomonidan birlamchi konservatsiya qilish ishlariga;
monumental san'at yodgorliklarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, ta'mirlash va yangidan yaratish ishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025