O‘zbekiston | 13:30 / 20.12.2019
13009
2 daqiqa o‘qiladi

«Oppozitsiya jamiyatning palagidan, asta-sekin, tabiiy o‘sib kelishi kerak». Sodiq Safoyev muxolifat partiyalar haqidagi savolga javob qaytardi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy o‘zgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev tadbir davomida muxolifat partiyalari haqidagi savolga javob qaytardi.

«Nahotki, siz bugun O‘zbekistonda kuchayib kelayotgan oppozitsiyani, ya'ni, oppozitsion siyosiy dunyoqarashlarni ko‘rmayapsiz? 

Birinchi navbatda, bugun OAVda ko‘tarilayotgan masalalar bizning jamiyatimizda plyuralizm... bu oppozitsiyaning birinchi qadami, paydo bo‘layotganidan birinchi dalolat. 

Ikkinchisi, siyosiy partiyalar o‘rtasida 29ta debatlar bo‘lib o‘tdi. Ko‘rib turibmanki, partiyalar nafaqat bir-birining dasturini, balki hukumatni ham tanqid qilyapti. Bu ham tug‘ilib kelayotgan oppozitsiyaning ko‘rinishlaridan biri. 

Va nihoyat, oxirgisi sifatida shuni aytmoqchimanki, hech qachon muxolifat, oppozitsiya sun'iy ravishda, kimdir tomonidan tuza olmaydi. Siz oppozitsiyani tuzishni kimdan kutyapsiz? Hukumat o‘ziga o‘zi oppozitsiyani tuzishi kerakmi? 

Oppozitsiya jamiyatning palagidan, o‘zi, asta-sekin, tabiiy o‘sib kelishi kerak. Bu siyosiy ongga, siyosiy muhitga va eng muhimi, qonun muhitga bog‘liqdir. Bizning, mana bu siyosatchilarning avlodining asosiy missiyamiz, men o‘ylaymanki, shunday bir muhitni yaratish kerakki, jamiyatning o‘zidan oppozitsiya tug‘ilib, kuchayib va qonuniy o‘z rolini topa bilishi kerak», - dedi Sodiq Safoyev. 

Mavzuga oid