Toshkent metrosining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga «Quruvchilar» nomini berish taklif etildi
Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yuz bergan baxsiz hodisa barcha hamyurtlarimizni chuqur qayg‘uga soldi. Metro qurilishida ishlayotgan olti nafar yosh va norg‘ul yigit tuproq ostida qolib halok bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda barcha o‘zbekistonliklar marhumlarning oilasiga hamdardlik izhor etishmoqda.
#GoUzbekistan loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov Toshkent metropoliteniga taklif bilan murojaat qildi.
«Yangi qurilayotgan metro bekatlaridan biriga «Quruvchilar» nomi berilsa, olamdan o‘tgan quruvchilarimiz va hozirgilari abadiy yodimizda qolishardi», — deyiladi murojaatda.
Bu chindan ham o‘rinli taklif. Chunki Toshkent metropolitenida kasb egalari sharafiga nomlangan «Mashinasozlar» va «Kosmonavtlar» bekati bor. Metro rahbariyati tomonidan shunday yo‘l tutilsa, nafaqat marhum quruvchilar, metropolitenni barpo etgan barcha quruvchilar xizmati uchun hurmat bajo keltirilgan bo‘lardi.
«Adolat” SDP ham metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtirishni ifodalovchi nom berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.
Vikipediyada yozilgan, biroq tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, metroning «Yunusobod» yo‘lida barpo etilayotgan yer osti bekatlari «Yunusobod» va «Shahriston» deb nomlanishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
13:02 / 23.07.2024
Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
21:47 / 03.07.2024