FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotiga ko‘ra, “Qamchiq” dovoni “Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining 228-253-km.lari oralig‘ida qor ko‘chishi xavfi mavjudligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Shu bois, joriy yilning 21 dekabr kuni soat 08.00 dan boshlab yo‘lovchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyatining “Chinor” va Namangan viloyatining “Sherobod” postlari tomonidan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Ayni damda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jalb qilingan 45 ta texnika, 200 ga yaqin shaxsiy tarkib tomonidan “Qamchiq” dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilar barcha sharoitlar bilan ta'minlangan FVVning 15 ta nazorat kuzatuv postlariga, “Qamchiq” otryadiga, qolaversa, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalari (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari)ga evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirilmoqda.
Transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini ta'minlash maqsadida, “Qamchiqavtoyo‘l” Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan 115 ta maxsus muhandislik texnikalari va 314 nafar shaxsiy tarkib jalb qilinib, yo‘llarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Angren elektrofikatsiyalashtirilgan temir yo‘l orqali qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qo‘yilib, Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren va Orzu stansiyalaridan aholini evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirildi.
Ushbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yo‘q va talafotlar aniqlanmadi.
Angren shahri va Pop tumanida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar diqqatiga: aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Angren shahrida va Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalarida issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari tashkil etilgan.
“Hurmatli fuqarolar! “Qamchiq” dovonida ob-havo barqaror bo‘lmaguniga qadar dovon orqali vaqtinchalik harakatlanmaslikni tavsiya etamiz”, - deyiladi FVV ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
15:57 / 07.11.2024