O‘zbekiston | 09:28 / 21.12.2019
12423
2 daqiqa o‘qiladi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi kengaytirildi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2017) kengaytirildi.
 
Norma’ning yozishicha, xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifiga qo‘shimchalar kiritildi. Natijada umumiy ro‘yxatda lavozimlar soni ancha ortdi:

davlat xizmatchilariga – Prezident Administratsiyasi, Xavfsizlik kengashi xodimlari, ombudsman va biznes-ombudsman devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda boshqa davlat tuzilmalari xodimlari lavozimlari kiritildi;

iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi boshqaruv xodimlari va mutaxassislariga – ekskursiyalar byurosi boshlig‘i; madaniyat va istirohat bog‘lari, chakana savdo korxonalari, mijozlar bilan ishlash korxonalari, mehmonxonalar direktorlari  (mudirlari); mehmonxona xo‘jaligida zal, uchastka mudiri; rejalovchi iqtisodchi; direktor yordamchisi, maslahatchisi; seysmolog, texnik-seysmolog va boshqalar;

diniy tashkilotlar tinglovchilariga – katexizator, protodiakon, ustavchi va boshqalar qayd etildi.    
 
Lavozim nomi keltirilgan qatorda Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha ularga muvofiq kodlar, xodimlar toifalari (mutaxassis, boshqaruv yoki texnik xodim), ular ma'lumotining eng past darajasiga bo‘lgan talab va ta'lim yo‘nalishi kodi ko‘rsatiladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, klassifikator:

mehnat shartnomalarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi;

xodimlar ma'lumotining eng past darajasini belgilash yuzasidan davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega;

ta'lim yo‘nalishi yuzasidan - barcha tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega.

Mavzuga oid