Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Parlamentda Migrantlar qo‘mitasi ochilsin» – Moskvadagi saylovchilarda qanday takliflar bor?
«Avvalo, musofirchilikda bo‘lgan odamning o‘zi vaziyatni yaxshi tushunadi-da. Parlamentda bo‘lim yoki qo‘mita tashkil etilib, uning a'zolari chet elda yurgan yurtdoshlarimiz orasidan saylansa, Rossiyadagi vatandoshlarimizning ham Oliy Majlis deputatligiga nomzodi qo‘yilsa yaxshi bo‘lar edi».
22 dekabr kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga kelib, saylovda ovoz bergan vatandoshlardan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yuqoridagi taklifni ilgari surdi.
«Yangi deputatlardan nimalar kutyapsiz?» degan savolga javob bergan boshqa bir saylovchi deputatlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini kamaytirishi kerak, deb hisoblashini aytdi.
«Men Rossiyada taksichilik qilaman. Bu yerda tezlik uchun jarima – 250 rubl atrofida. O‘zbekistonda esa 300 ming so‘m. Bir million so‘m oylik oladigan odam uchun 300 ming so‘m – katta pul», – deydi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri.
Muxbirimiz suhbatda bo‘lgan saylovchilar, shuningdek, so‘z erkinligini ta'minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va ishchi o‘rinlarini ko‘paytirish, ta'lim sifati va ekologik holat kabi masalalarni ham tilga olib o‘tishdi.
Albatta, gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar ham saylovchilar e'tiboridan chetda qolgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz saylov oldidan ham Moskvada ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, o‘zbekistonlik migrantlarning saylovga munosabatini o‘rgangan edi.
Mavzuga oid videoyangiliklar:
- Moskvadagi qurilish obektida saylov: migrantlar deputatlardan nima kutmoqda?
- «Buyog‘i deputatlarning vijdoniga havola» – Toshkentda ijtimoiy so‘rov
- Janubiy Koreyadagi o‘zbek mahallasida saylov: ular yangi deputatlardan nima kutyapti?
- Moskvada ijtimoiy so‘rov: migrantlar O‘zbekistondagi saylov haqida qanday fikrda?
Mavzuga oid
10:04 / 12.05.2025
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat
15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
10:38 / 24.02.2025