AQSh raketa tashuvchi kemasi Odessa portiga kirdi
AQShning Ross raketa tashuvchi kemasi Odessa dengiz portiga kirdi, deb xabar berdi "Dumskaya" nashri.
Xabarda esminetsning nima uchun mazkur portga kelganiga aniqlik kiritilmagan.
Nashrning yozishicha, ushbu raketa tashuvchi kema 2016 yilda ham Odessa portiga kirgan va Amerikaning Whidbey Island desant tashuvchi kemasi bilan birga "SiBriz-2016" xalqaro mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.
USS Ross (DDG71) - Arleigh Burke turidagi kemaning dastlabki talqini bo‘lib, 1996 yilda suvga tushirilgan. Kemaning uzunligi 154, eni 20 metr, ekipaji 337 kishidan iborat.
Ross kemalarga qarshi Harpoon raketalari hamda Tomahawk qanotli raketalari uchun mo‘ljallangan parvoz qurilmalari bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024