Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament deputatligiga qayta saylov o‘tkaziladigan okruglar soni oshdi
Bugun, 25 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berildi.

Ma'lum qilinishicha, dastlabki natijalar e'lon qilinganidan keyingi o‘rganishlar natijasida 3ta saylov okrugida ikkinchi tur o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilingan, bu okruglardan ikkitasi Farg‘ona (102-Yaypan va 106-Bag‘dod saylov okruglari), bittasi Samarqand (67-Pastdarg‘om saylov okrugi) viloyatidagi okruglardir.
Kun.uz muxbiri aniqlik kiritishicha, bu okruglarda saylov natijalarini hisoblash jarayonida arifmetik xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Birinchi turdagi ovoz berish natijalari qabul qilinmagani tufayli uchta partiya O‘zLiDeP, «Milliy tiklanish» va «Adolat» partiyalari hozircha bittadan ovoz yo‘qotgan.
1. O‘zLiDeP - 42 (-1) (34 foiz)
2. «Milliy tiklanish» - 34 (-1) (27 foiz)
3. «Adolat» SDP - 20 (-1) (16 foiz)
4. Xalq demokratik partiyasi - 18 (14 foiz)
5. Ekologiya partiyasi - 11 (9 foiz)
MSK ovozlarni hisoblashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan okruglar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi:
Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Saylov kodeksining 59-moddasiga ko‘ra, agar Qonunchilik palatasi saylovida saylov okrugi bo‘yicha ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan hech biri saylanmasa, eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni MSK parlament saylovlarining natijalarini e'lon qilgach, respublika bo‘yicha 22ta okrugda nomzodlarning birortasi 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmagani tufayli bu okruglarda 2 haftadan keyin (2020 yil 5 yanvar kuni) takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkazilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
18:48 / 08.10.2024