Jahon | 02:35 / 27.12.2019
18904
2 daqiqa o‘qiladi

Bryus Lining qizi otasining qiyofasidan foydalangan fastfud tarmog‘ini sudga berdi

Foto: AFP

Afsonaviy aktyor Bryus Lining qizi Shennon Li otasi qiyofasidan noqonuniy foydalangan Xitoyning Real Kungfu fastfud tarmog‘ini sudga berdi.

Shennon Li Bruce Lee Enterprises nomidan tarmoqqa egalik qiluvchi Guangzhou Real Kungfu Catering Management Co. kompaniyasidan zararni va yuridik sarf-xarajatlarni (12,6 ming dollar) qoplashni talab qilmoqda. Marhum aktyorning qizi yetkazilgan zararni 210 mln yuanga (30 mln dollar) baholagan.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, ushbu hodisa intellektual mulk huquqlarini himoyalashni kuchaytirishga va'da bergan Xitoy hukumati uchun o‘ziga xos sinov bo‘lishi mumkin.

“Sinxua” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Shanxay sudi Shennon Lidan fastfud tarmog‘iga va yana ikkita kompaniyaga qarshi da'vo arizasini dekabr boshida olgan. Aktyorning qizi tarmoqdan otasi qiyofasidan foydalanishni darhol to‘xtatishni talab qilmoqda.

Real Kungfu logotipida Bryus Lining mashhur qahramonlaridan biriga o‘xshash sariq sport kiyimida bo‘lgan, kung fu ustasi holatida turgan erkak tasvirlangan. O‘z navbatida kompaniya Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ushbu tasvir bilan bog‘liq holda unga da'vo arizalari 2004 yildan beri berib kelinishini yozgan.

Mavzuga oid