Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamerunlik «investorlar» o‘zbekistonlik tadbirkorlarni 340 ming dollarga chuv tushirgani ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun fuqarolariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakuniga yetdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar berilganidek, Kamerun Respublikasidan kelgan bir necha fuqaro o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga go‘yoki sayyoh sifatida kelishib, osuda va farovon yurt fuqarolarini mulkini talon-toroj qilish payiga tushishadi.
Ular Kamerun davlatida bo‘la turib, jinoiy rejalarini amalga oshirishlari uchun O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi bir necha fuqaro bilan internet ijtimoiy tarmoqlari orqali muloqotga kirishib, o‘zlarini “investor” sifatida tanishtirishgan. Muloqot jarayonida o‘zaro hamkorlikni taklif qilib, fuqarolarning iqtisodiy tomondan moliyaviy ahvolini bilib, sarmoya kiritish imkoniyatiga ega shaxslarni saralab olishadi.
Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning qanday faoliyat bilan shug‘ulanayotganliklarini bilib, o‘zlarini ham ushbu soha vakili sifatida ko‘rsatib ishonchiga kirishishadi.
Jinoiy rejaga ko‘ra, Kamerun fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga sayyoh sifatida kelishib, internet tarmog‘i orqali yaqin muloqotga kirishib olgan fuqarolar bilan uchrashishadi. Uchrashuv vaqtida ularga O‘zbekistonga barchasi 100 AQSh dollarlik kupyuralardan iborat katta miqdorda 2 milliondan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lgan pul mablag‘larini olib kelayotganliklarini, biroq bu pullarni bojxona xizmatidan chetlab o‘tish uchun qora va oq rangga bo‘yaganliklarini, O‘zbekistonga kelgach ularni yana valutaga aylantirish uchun haqiqiy valuta kupyurasi va kimyoviy kukunlar zarurligini aytib, 100 AQSh dollaridan maxsus qog‘ozga kimyoviy aralashmalar yordamida 300 AQSh dollari tayyorlab berishi mumkinligini aytib, pullarni ko‘paytirib olish imkoniyati borligini aytgan holda fuqarolarni qiziqtirib, aldov yo‘li bilan bir nechta fuqarolardan jami 340 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan egallab, juda ko‘p miqdorda mulkiy zarar yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 2 oktyabrda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasining bir necha fuqarolariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, Kamerun Respublikasi fuqarolari firibgarlik jinoyatidan tashqari juda ko‘p miqdorda qalbaki pullarni o‘tkazish bilan ifodalangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganliklari aniqlanib, Kamerun fuqarolari “KOM HIPPOLYTE ARISTIDE, BIAKOP PATRICK va TAGUE SIANDEU FABIEN”larga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan, “TOMI TCHAPMI RODRIGUE WILFRED”ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari bilan va “JOHN FRU NDUMA FOMBE”ga nisbatan esa 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, ularning barchasiga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilib, tegishli sudlovlikda ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi JPKning 381-moddasi tartibida Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025