Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurmanov: «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari yanada kengaytirildi»
Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullangan edi. Davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning yozishicha, Qonunda investitsiyalar belgilangan maqsadga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasida rezidentlari tomonidan emitentlangan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqi, shu jumladan intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘si (gudvill), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlarini ular joylashgan yer bilan birgalikda olish;
yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olish.
Qonunda investitsiya faoliyatining obektlari va sub'yektlari batafsil yoritib o‘tilgan, shuningdek, hujjatda investorning, investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari, majburiyatlari, investitsiya faoliyati sub'yektlarining huquqiy kafolatlari mustahkamlangan.
Soha qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi kafolatlari yanada mustahkamlangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o‘sha sanadan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llanilishi belgilab o‘tilgan.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llash;
investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;
maslahat berish va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlash yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Qonunda belgilanganidek, investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
davlat mulki bo‘lgan obektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha, shuningdek bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish;
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
Shu bilan birga, ushbu yangi Qonunda xalqaro amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan “investitsiya vizasi” va uni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha norma ham kiritilgan.
Bundan tashqari, Qonunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek xorijiy investitsiyalar huquqiy rejimi ochib berilgan.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari yanada kengaytirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Qonun chet el hamda mamlakatimiz investorlari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni batafsil tartibga solishga qaratilgan, keng qamrovli to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona norma bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025