Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirishlariga ruxsat etildi
O‘zbekiston prezidentining bugun, 28 dekabr kuni imzolagan farmoniga muvofiq, 2019 yil 18 martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hujjatda aytilishicha, mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari investorlari uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida kiritilmoqda.
Farmonga muvofiq:
1. Nomi ‘‘Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari" so‘zlaridan keyin “, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari" so‘zlari bilan to‘ldirildi.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“1. 2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun O‘zbekiston Reslublikasi hududiga kirgan kundan e'tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.
Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekiston Reslublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar.
Mavzuga oid
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025