Jamiyat | 00:01 / 29.12.2019
4447
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati» shiori ostida harbiy vatanparvarlik aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi F-5529-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Dastur ijrosi doirasida 27 dekabr kuni Farg‘onadagi harbiy qismda harbiy vatanparvarlik aksiyasi o‘tkazildi.

"Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati" shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida Farg‘ona shahridagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabi va harbiy qismda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab o‘quvchilari, chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘linmasi vakillari, faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarga harbiy xizmat, vatan oldidagi burch, vatanparvarlik tuyg‘usi, harbiy qurollar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Askarlar ishtirokida turli xil ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol, harbiy-vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.

Ishtirokchilar yoshlarni vatanparvarlik oyligida faol ishtirok etishga, O‘zbekiston Respublikasiga sadoqatli farzandlar bo‘lishga chaqirdilar.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid