Sport | 01:46 / 30.12.2019
9905
2 daqiqa o‘qiladi

Globe soccer awards. 15ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi

Foto: Globe Soccer Awards

29 dekabr kuni Dubayda Globe Soccer Awards-2019 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi.

Eng yaxshi futbolchi – Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya);

Eng yaxshi murabbiy – Yurgen Klopp («Liverpul», Germaniya);

Eng yaxshi ayol futbolchi – Lyusi Bronz («Lion», Angliya);

Yil kashfiyoti – Joau Felish («Atletiko», Portugaliya);

Eng yaxshi klub – «Liverpul»;

Eng yaxshi darvozabon – Alisson («Liverpul», Braziliya);

Eng yaxshi futbol agenti – Jorjye Mendesh (Portugaliya);

Eng yaxshi futbol akademiyasi – «Ayaks» va «Benfika»;

Eng yaxshi hakam – Stefani Frappar (Fransiya);

Eng yaxshi sport direktori – Andrea Berta («Atletiko», Italiya);

Futbolga qo‘shgan hissasi uchun – Miralem Pyanich («Yuventus», Italiya) va Rayan Giggz (Uels);

Eng yaxshi homiylik kelishuvi – «Manchester Siti» (Angliya);

Eng yaxshi jamoa (arab mamlakatlari) – «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni);

Eng yaxshi futbolchi (arab mamlakatlari) – Abdurrazzoq Hamdalla («An Nasr», Saudiya Arabistoni);

Eng yaxshi yosh futbolchi (arab mamlakatlari) – Ashraf Hakimi («Borussiya D», Marokash)

Ma'lumot uchun, Globe Soccer Awards Yevropa klublar assotsiatsiyasi va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Mavzuga oid