Hindiston 24 ta suv osti kemasi qurishni rejalashtirmoqda

Foto: NDTV.com
Hindiston 24 ta suv osti kemasi qurishni rejalashtirmoqda. Ulardan oltitasi atom suv osti kemasi bo‘ladi, deb xabar berdi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari tomonidan parlamentga taqdim qilingan ma'ruzaga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali.
Ta'kidlanishicha, energetik qurilmali 18 ta va atom zarbdor 6 ta suv osti kemasi qurish rejalashtirilgan. Hujjatga ko‘ra, hozirda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari qurollanishida 15 ta noatom va 2 ta atom suv osti kemasi mavjud. Noatom suv osti kemalaridan aksariyatining yoshi 25 yildan oshgan.
Hindiston mudofaa vazirligi yangi suv osti kemalari qurilishi ushlanishi sababli eskilarining xizmat muddatini oshirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni ma'qullagan.
Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining Hind okeanida faolligi oshgani sababli Hindistonda infratuzilmani modernizatsiya qilish, jumladan yangi kemalar va suv osti kemalari qurishga qaror qilingan.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025