Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 300ga yaqin uy yonib ketdi
Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, Viktoriya shtatida to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Yangi Janubiy Uels shtatida 15 kishi halok bo‘lgan, 175 ta uy yonib ketgan va minglab kishilar uylarini tark etib dengiz yaqiniga ketishga majbur bo‘lgan. Birgina Konjola-Park shahrida 31 dekabr kuni 89 ta uy va o‘nlab avtomobillar kuyib kul bo‘lgan. Ayrim yo‘llar yong‘inlar sababli berkilib qolgan.
Mallakoota shahrida o‘nlab uylar olov ichida qolgan. Shahar aholisi dengiz yaqinida jon saqlamoqda.
Meteorologlarning ma'lumot berishicha, Viktoriya va Yangi Janubiy Uelsda jazirama harorat yanada kuchayadi va uch hafta davom etadi.
Mavzuga oid
21:34 / 01.05.2025
Isroil olov ichida
19:52 / 01.05.2025
Isroilda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan 18 kishi qo‘lga olindi
23:44 / 30.04.2025
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
12:24 / 30.04.2025