Jahon | 00:02 / 02.01.2020
17314
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi amerikaliklarni ogohlantirdi

Foto: REUTERS/Khalid al-Mousily

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi hujumga uchragani sababli konsullik ishini to‘xtatdi va amerikalik fuqarolarga elchixona binosiga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda elchixona saytida ma'lum qilingan.

“AQSh elchixonasiga hujum sababli barcha konsullik amaliyotlari yana boshlanishi ma'lum qilingungacha to‘xtatildi. Barcha rejalashtirilgan uchrashuvlar bekor qilinadi. AQSh fuqarolariga elchixona binosiga yaqinlashmaslik tavsiya qilinadi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, amerikaliklarga Iroqqa tashrif buyurmaslik, u yerda bo‘lganlarga esa norozilik namoyishlari o‘tkazilish joylaridan qochish tavsiya qilingan. 

Viza va boshqa masalalar yuzasidan AQShning Erbildagi bosh konsulligiga murojaat qilish tavsiya qilingan.

AQSh elchixonasidagi norozilik namoyishlari AQSh harbiy-havo kuchlarining “Hizbulloh” harakati obektlariga zarbasidan keyin boshlangan. Amerikalik harbiylar zarbalar “Hizbulloh”ning hujumlariga javoban berilganini ta'kidlashgan. 

Mavzuga oid