Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro to‘purarlar reytingi-2019: Eldor Shomurodov Messi, Lukaku va Maneni ortda qoldirdi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi o‘z an'anasiga binoan, yil davomida xalqaro maydonlarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 2019 yil taqvimi bo‘yicha xalqaro maydonlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. 34 yoshli hujumchi Portugaliya milliy jamoasida 14ta, «Yuventus» klubi safida yevrokuboklarda 7ta golga mualliflik qilgan.
Ushbu reytingda O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham o‘rin oldi. Hamyurtimiz klubi safida xalqaro o‘yinlarda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, milliy jamoa safida 13ta golga mualliflik qildi.
E'tiborlisi, xalqaro o‘yinlardagi gollari soni bo‘yicha Eldor Shomurodov 11-o‘rinda qayd etilib, Sardor Ozmun, Lionel Messi, Gabriel Jyezus, Son Xyon Min, Sadio Mane, Romelu Lukaku singari hujumchilarni ortda qoldirdi.
2019 yilda xalqaro maydonda eng ko‘p gol urgan hujumchilar: (01.01.2019 - 31.12.2019)

Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025