Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘alla kam hosil beradigan yerlarda eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘tish kerak – Jamshid Xo‘jayev
G‘alla kam hosil beradigan, faqat bir marta ekin ekiladigan yerlarda davlatga g‘alla topshirish rejasini bekor qilib, eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘tish kerak, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Xo‘jayev 3 yanvar kuni Toshkentda boshlangan «Umid 2.020» xalqaro konferensiyasida bu haqda gapirib o‘tgan.
«Fermerlarimizning topib olgan gapi bitta: «G‘alla – bu strategik mahsulotimiz, biz uni albatta ekishimiz kerak» deyishadi. Lekin g‘allaning o‘rniga boshqa ekin ekib, ko‘proq daromad olgan yaxshimasmi, degan oddiy savol bersam, javob berisholmaydi.
Masalan, Namanganning Yangiqo‘rg‘onida g‘allani sug‘orish uchun uch podyom nasos chiqadi. Uch podyom. Tasavvur qiling. Elektr energiyasi sarflab, suvni nasos orqali chiqaramiz. Ming bir azobda tepaga chiqarilgan suvning yarmi joyiga borguncha ariqlarda yerga singib ketadi, chunki ariqlar betonlanmagan.
Yangiqo‘rg‘onning iqlimi shunaqaki, yerdan faqat bir marta hosil olish mumkin. Takroriy yoki ertaki ekinlar yo‘q. Shu sharoitda g‘alla ekiladi. Bir gektarga elektr energiyaning o‘ziga 4-4,5 mln xarajat qilinadi. Hali boshqa xarajatlarni aytmadim. Shuncha xarajat evaziga bor-yo‘g‘i 25 sentner hosil olinadi.
Bu davlatgamas, hammaga zarar-ku. Uning o‘rniga ko‘ksulton bor – Yangiqo‘rg‘on sharoitida zo‘r hosil beradi. Yoki qora olxo‘ri plantatsiyasini qilish mumkin. Kilosini 50 sentdan sotilganda ham, bilasizmi, qancha foyda qilish mumkin?», – dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri.
U g‘alla kam hosil beradigan yerlarda qaysi mahsulot ko‘p hosil berishini o‘rganib, to‘liq o‘sha mahsulotni yetishtirishga o‘tish kerakligi, bundan keladigan daromadning o‘ndan biriga bug‘doyni boshqa mamlakatlardan, xususan, Rossiya va Qozog‘istondan eksport qilish mumkinligini ta'kidladi. Qolaversa, bu davlatlarda yetishtiriladigan bug‘doyning sifatida O‘zbekistonnikidan yaxshi ekani, bu ham davlat, ham iste'molchilar uchun birday manfaatli bo‘lishini aytdi.
«Qozog‘istonda bir yil yerga dam berishadi. Men hali O‘zbekistonda yil bo‘yi dam beriladigan yerni ko‘rmadim. Bizning fermerlarimiz esa hokimlarga, hokimning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosariga qaram. U nimani ek desa, ekadi; biror ishni qilma desa, qilmaydi.
25 yil davomidagi mutelik qoniga shu qadar singib ketganki, g‘allaning o‘rniga boshqa narsa ek desangiz: «Shunaqa qilish mumkinmi, yerimni olib qo‘yishmaydimi?» deb yuzingizga mo‘ltillab qarab turishadi.
Oltiariqda g‘allani ming gektargacha qisqartirish bo‘yicha loyiha qildik. Prezidentimiz ham xayrixohlik bildirdi. Shu paytgacha g‘alla ekib kelingan yerlarni uzumzor qilish uchun berdik. Loyiha o‘zini oqlayapti. Mayli, 80, 90, 100 sentner hosil beradigan yerlarda ekilaversin. Faqatgina bir marta ekin ekiladigan joylarda eksportbop mahsulotlar yetishtirishga ruxsat berishimiz kerak», – deb ta'kidladi Jamshid Xo‘jayev.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025