Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tadi.
Unda quyidagi partiyalardan nomzodlar ishtirok etadi:
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi - 15 nafar;
- O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi - 11 nafar;
- O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi - 10 nafar;
- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi - 9 nafar;
- O‘zbekiston Ekologik partiyasi - 5 nafar.
Takroriy ovoz berishda 50 foiz ovoz olish shart bo‘lmaydi, kim ko‘p ovoz olsa yetarli. Ovoz bergan saylovchilar soni ham muhim emas, atigi 1 kishi kelib ovoz bersa ham, takroriy saylov natijasi hisobga olinadi.
Takroriy ovoz berish bo‘ladigan 25ta saylov okruglari ro‘yxati:
8-Oqmang‘it
9-Andijon
32-Jizzax
33-Do‘stlik
35-G‘allaorol
36-Paxtakor
37-Sharof Rashidov
44-Sardoba
49-Uychi
56-Registon
57-So‘g‘diyona
67-Past Darg‘om
76-Sherobod
83-Oltinsoy
87-Angren
89-Bo‘ka
102-Yaypan
104-Uchko‘prik
106-Bag‘dod
117-Urganch
133-Shahrisabz
134-Yakkabog‘
135-G‘uzor
148-Ko‘kcha
150-Shayxontohur
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasining ma'lumotiga ko‘ra, parlament saylovi o‘tkazilgan 150ta saylov okrugidan 125 saylov okruglarida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi. Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 42 nafar, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan – 34 nafar, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan – 20 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan -11 nafar deputat ro‘yxatga olindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 150 nafar deputatdan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?
18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
18:13 / 22.04.2025