AQSh Yaqin Sharqqa 3 mingga yaqin desantchi yuborishga qaror qildi

Foto: Global Look Press
AQSh mudofaa vazirligi Yaqin Sharqda qo‘shimcha 3 mingga yaqin harbiyni vaqtinchalik joylashtirishga qaror qildi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
Gap Shimoliy Karolina shtatida joylashgan harbiy-desant kuchlari jangchilari haqida bormoqda. Ulardan bir qismi Kuvaytga, bir qismi esa Iroqqa jo‘natiladi. Tezkor javob berishga mo‘ljallangan ushbu kuchlar Yaqin Sharqda 60 kunga yaqin qolishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa, Yaqin Sharqda umumiy hisobda 3,6 ming amerikalik harbiy xizmat olib boradi.
Telekanal manbalarining ta'kidlashicha, qo‘shimcha kuchlarni yuborish qarori AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga hujum bilan bog‘liq holda qabul qilingan va Islom inqilobi soqchilari korpusining “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqasi yo‘q.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025