Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Retseptlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlariga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etiladi
O‘zbekistonda retseptlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi. Bu haqda 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida aytilgan.
Qayd etilishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda:
dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik, shu jumladan kuchli ta'sir qiluvchi moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, dori vositalarini olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirganlik uchun tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;
tibbiyot xodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va dorixonalardan moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi moliyaviy mukofotlar yoki har qanday boshqa rag‘batlar olishiga taqiq qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Amalga oshirish muddati - 2020 yil 1 aprel. Mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Qoriyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov).
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
14:08 / 10.04.2025