Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu harbiy jinoyat bo‘ladi» - Tehron Trampning tahdidiga javob qaytardi
Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif agar AQSh prezidenti Donald Trampning Eron madaniy merosiga qilingan tahdidi haqiqatga aylansa, bu harbiy jinoyat bo‘lishini ta'kidladi.
«Madaniy obektlarga hujum qilish - bu harbiy jinoyatdir», deya yozgan u o‘z tvitterida.
-Having committed grave breaches of int'l law in Friday's cowardly assassinations, @realdonaldtrump threatens to commit again new breaches of JUS COGENS;
— Javad Zarif (@JZarif) January 5, 2020
-Targeting cultural sites is a WAR CRIME;
-Whether kicking or screaming, end of US malign presence in West Asia has begun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «harchand qichqirishmasin, AQShning G‘arbiy Osiyodagi kuni bitmoqda».
Eron TIV Trampning tahdidi AQShning Tehrondagi manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariyadagi vakilini chaqirtirgan va shikoyat notasi bergan.
«Eron Tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abbos Arakchi xalqaro huquq va normalarni buzuvchi tahdid yuzasidan hal qiluvchi protest bildirdi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, Eron TIV Tehron mamlakat xavfsizligi uchun har qanday choraga tayyorligini bildirgan.
Bundan avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron amerikaliklarga yoki Qo‘shma Shtatlar obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obektga zarba berilishi haqida ogohlantirgandi.
3 yanvar kuni Eronning tashqi siyosatdagi bosh strategi bo‘lgan general Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi xalqaro aeroport yaqinida amerikalik harbiylarning raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy generalning o‘limi uchun qattiq qasos olinishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025