Fan-texnika | 11:50 / 05.01.2020
11342
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘zi ojizlar uchun dunyodagi ilk smartfon ishlab chiqildi

Foto: Facebook /BMT

Hindistonda ko‘zi ojiz odamlar uchun dunyodagi ilk smartfon sotuvga chiqarildi. Bu haqda BMTning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Qurilma o‘ziga xos “ekran” bilan ajralib turadi. U o‘zidan ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan Brayl alifbosini shakllantiruvchi to‘rni aks ettiradi.

Smartfonda shakl xotira effekti Shape Memory Alloy negizida ishlovchi texnologiya amalga oshirilgan. Ushbu effektda ba'zi materiallar deformatsiyadan keyin qizdirilganda dastlabki shakliga qaytadi.  

“Smartfon ekrani talab bo‘yicha yuqoridan pastga joylashgan kontaktlar to‘rini o‘z ichiga oladi. Bu to‘r o‘zidan Brayl alifbosini aks ettirib, turli kontaktlar muayyan harflar va simvollarga javob beradi”, deyilgan xabarda.

Smartfon ekrani o‘ziga xos tarjimon bo‘lib, oddiy matnni Brayl alifbosiga va aksincha, Brayl alifbosini oddiy matnga o‘tkaza oladi.

 

Mavzuga oid