Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Iltimos, bizni o‘ldirmang”: Amerikalik aktrisa general Sulaymoniyning o‘limi uchun eronliklardan uzr so‘radi
Amerikalik taniqli aktrisa va qo‘shiqchi Rouz Makgouen tvitterdagi sahifasida eronlik general Qosim Sulaymoniyning amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilishi uchun Erondan uzr so‘radi va AQSh fuqarolarini “o‘ldirmaslik”ni so‘radi.
“Hurmatli Eron, AQSh davlatingizni, bayrog‘ingizni, xalqingizni hurmat qilmaydi. 52 foiz amerikaliklar sizdan uzr so‘raydi. Biz millatingiz bilan tinchlikni istaymiz. Biz terrorchilik tuzumi asirlari hisoblanamiz. Undan qanday qochishni bilmaymiz. Iltimos, bizni o‘ldirmang”, – deb yozgan aktrisa.
Aktrisa keyinroq ushbu tviti uchun unga bildirilgan ko‘plab tanqidlarga Eronni qo‘llab-quvvatlamasligi, shunchaki mamlakati yaxshiroq bo‘lishini istashi bilan javob bergan.
Makgouenning yozishicha, Sulaymoniy “yovuz odam bo‘lgan, ko‘p yovuzliklar qilgan”, biroq “gap hozir bu haqida emas”. Uning ta'kidlashicha, AQSh “ma'nan korrupsiyalashgan va qonunga xilof tarzda harakat qiladi”. Aktrisa “Eronni qo‘llab-quvvatlamasligini” va “aniq AQSh tomonda emasligini” yozgan.
Makgouen o‘z tanqidchilariga yangi urush boshlanishi mumkinligidan qo‘rqib ketgani, voqealarga bunday munosabat bildirishga haqli ekani, bu “demokratiyaligi” va u uchun “ko‘plab jasur askarlar jang qilgani” bilan javob qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025