Jahon | 17:06 / 07.01.2020
24699
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadro kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajarishga tayyorligini bildirdi

Foto: Fotolia / Borna_Mir

Tehron yadro kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajarishga qaytishga tayyor. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abbos Arag‘chi ma'lum qildi.

"Eron yadro kelishuvini to‘liq bajarishga qaytishga tayyor", - deyiladi mamlakat TIVning Twitter sahifasida. 

Shu bilan birga, Tehron buning uchun qanday shart qo‘yishi ochiqlanmagan.

Eron 5 yanvarda yadro dasturi bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasidan chiqishini e'lon qildi.  

“Eron yadro kelishuvi bo‘yicha, birinchi navbatda sentrifugalar soni bo‘yicha, cheklovlardan batamom voz kechadi. Shu tariqa Eron yadro dasturi bo‘yicha ishlab chiqarish borasida, jumladan uranni boyitish quvvati va bu sohada tadqiqotlar o‘tkazish va dasturni yanada rivojlantirishda hech qanday cheklovlarga ega bo‘lmaydi”, deyilgandi Eron hukumati bayonotida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid