Ilon Mask Xitoyda Tesla zavodi ochilishida raqsga tushib ketdi (video)
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask kompaniyaning Shanxay yaqinidagi zavodi ochilishi marosimida o‘zining “raqqoslik qirralarini” namoyish qildi. Maskning sahnada raqsga tushishi videosi Bloomberg axborot agentligining YouTube-kanalida e'lon qilingan.
Bir yildan kamroq vaqt ichida qurib bitkazilgan zavod Tesla Model 3 sedanlarini dekabr oxirida o‘z xodimlariga sota boshlagan. 7 yanvarda esa mashinalarning barcha istovchilarga sotilishi boshlangan. Xitoyda ishlab chiqarilgan Tesla Model 3 narxi elektrokarlar xarid qiluvchilar uchun subsidiyalarsiz 50 ming dollarga yaqinni tashkil qiladi. Shu tariqa, Shanxaydagi zavodda chiqarilgan mashinalar AQShdan import qilinuvchi mashinalardan arzonroq bo‘ladi.
Zavodning to‘laqonli ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Shanxay meri In Yun va boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etgan. Sahnaga chiqqan Mask esa yangrayotgan musiqaga monand raqsga tusha boshlagan, so‘ngra ustidagi pidjakni chetga uloqtirib, yig‘ilganlarning olqishlari ostida raqsini davom ettirgan.
Mask nutqi davomida Shanxaydagi zavod Model Y krossoverlarini ham ishlab chiqarishini ma'lum qilgan. Ushbu modelning Xitoyda ishlab chiqarilishi qachon boshlanishi oshkor qilinmayapti, biroq u kelayotgan yozdan ishlab chiqarila boshlanishi kutilmoqda.
Shanxaydagi zavod Tesla’ning AQShdan tashqaridagi ilk zavodi hamda 100 foiz xorijiy kapitalga ega Xitoydagi birinchi korxona hisoblanadi. U 2019 yil yanvarda qurila boshlangan.
Zavodda yiliga 150 ming dona Model 3 ishlab chiqarilishi, so‘ngra ishlab chiqarish quvvatini yiliga 250 ming mashinagacha oshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:34 / 20.11.2024
Germaniyada Tesla zavodi qurilishiga qarshilar daraxtlardan tushishni xohlamayapti
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024