Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada UzAuto Motors’ning navbatdagi avtosaloni ish boshladi
Rossiyada Ravon dilerlik tarmog‘ini kengaytirish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 6 yanvar kuni Moskva shahrida milliy avtomobillarimiz savdosi bilan shug‘ullanuvchi yana bir avtosalon ish boshladi. Avtosalon quyidagi Novovladikinsk tor ko‘chasi, 2 uy manzilida faoliyat yuritadi.
Avtosalonda xaridorlar Ravon brendining barcha modellar qatori bilan tanishishlari, avtosalon mutaxassislaridan malakali xizmat va maslahat olishlari hamda test-drayvdan o‘tishlari mumkin. Avtomobillarning omborda mavjudligi xaridorga istalgan modeldagi avtomobilni qisqa muddatlarda xarid qilish imkonini beradi.
Salonda Trade-in xizmati ham mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar xarid jarayonini yanada osonlashtirishlari hamda eski avtomobillarini yangisiga almashtirishlari mumkin.
Tashrif buyuruvchilarning qulayligi uchun salonda dam olish hududi ham tashkil etilgan, unda bir piyola issiq choy ustida vaqtni unumli o‘tkazish mumkin. Avtosalon o‘z eshiklarini ochgan va xaridorlarini kutmoqda.



Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
07:41 / 10.05.2025