O‘zbekiston | 14:01 / 09.01.2020
2414
4 daqiqa o‘qiladi

Matbaa faoliyatiga qanday ruxsat olinadi?

Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Norma’ning yozishicha, yuridik va jismoniy shaxslarga matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIXDP) orqali ko‘rsatilishi belgilangan.

 Tasdiqlangan Reglamentga muvofiq matbaa korxonasi alohida yuridik shaxs sifatida yoki mavjud yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil etilishi mumkin. Jismoniy shaxslar matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

 Matbaa faoliyati deganda bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlash, shu jumladan muhr va shtamplarni yasash, chop etish, muqovalash va chop etishdan keyingi jarayonlar tushuniladi. Mazkur jarayonlarning barchasi yoki alohida jarayoni ham matbaa faoliyati hisoblanadi.

 Ushbu Reglament nusxa ko‘chirish, dizaynerlik va fotostudiya xizmati, matn terish, original maket tayyorlash faoliyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) tomonidan amalga oshiriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish uchun davlat boji to‘lanadi, uning stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Matbaa faoliyatini amalga oshirishni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi. YaIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji belgilangan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berganlik uchun undirilgan davlat boji summasi quyidagicha taqsimlanadi:

Davlat xizmati ko‘rsatilishi tartib-taomili reglamentga ilovada keltirilgan sxemada aks ettirilgan.

 Matbaa korxonasi ilgari shu nom bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan va noto‘g‘ri ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, uni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

 Vakolatli organ davlat reyestrini yuritadi, unda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatiladi:

ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, telefon raqami;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami;

matbaa korxonasining faoliyat turlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uni to‘xtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;

guvohnomaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;

guvohnomani bekor qilishning asoslari va sanasi.

 Matbaa faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar to‘g‘risidagi ochiq ma'lumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida yuridik shaxslar va fuqarolarning tanishishi uchun joylashtiriladi.

1.jpg
2.jpg

Mavzuga oid