Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dilyor Hakimov O‘zbekistonning NATO huzuridagi missiyasi rahbari bo‘ldi
2020 yilning 9 yanvar kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda tashkilot rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning ulkan salohiyatini to‘laqonli ochish imkoni beruvchi va mamlakatni tarixiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi tub islohot va o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan harbiy ta'lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlari ham muhokama qilindi.
Yyens Stoltenberg Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanayotganini alohida ta'kidladi va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi mojaroni bartaraf etish masalalaridagi rolini qo‘llab-quvvatladi.
Dilyor Hakimov O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) elchisi va O‘zbekistonning Yevropa ittifoqidagi missiyasi rahbari hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025