Eronda urib tushirilgan Boeing. Hasan Ruhoniy bayonot bilan chiqdi

Foto: Abdullah Dhiaa Al-Deen / Reuters
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Twitter’da ma'lum qilishicha, respublika rahbariyati Ukraina aviayo‘nalishlariga tegishli Boeing 737 samolyotining Tehron yaqinida qulashiga olib kelgan «kechirib bo‘lmaydigan xato» bo‘yicha ichki tekshiruvni davom ettiradi.
Shuningdek, u eronlik harbiylar Kiyevga parvoz qilgan yo‘lovchi samolyotni xato tufayli urib tushirgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. «Tergov ushbu katta fojia va kechirib bo‘lmaydigan xatoning sabablarini aniqlash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun davom etadi», - deb yozdi Ruhoniy.
Armed Forces’ internal investigation has concluded that regrettably missiles fired due to human error caused the horrific crash of the Ukrainian plane & death of 176 innocent people.
— Hassan Rouhani (@HassanRouhani) January 11, 2020
Investigations continue to identify & prosecute this great tragedy & unforgivable mistake. #PS752
ISNA tomonidan e'lon qilingan Eron rahbarining bayonotida aytilishicha, Vashingtonning ehtimoliy hujumlaridan himoyalanish maqsadida, Sulaymoniyning o‘limidan keyin «AQSh tomonidan qo‘rqitish va tajovuzkorlik» fonida islom respublikasi qurolli kuchlari 100 foizlik jangovar shay holatga keltirildi, «ammo, afsuski, bu inson omili tufayli yuz bergan xatoga olib keldi».
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Eron «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari»ning urib tushirilgan samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojiadan chuqur afsusda.
8 yanvar kuni ertalab, Ukraina aviayo‘nalishlarining samolyoti Tehron aeroportidan parvozga ko‘tarilganidan keyin bir muncha vaqt o‘tib halokatga uchradi. Samolyot bortida jami 176 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan to‘qqiz nafari ekipaj a'zolari edi. Halokat natijasida barcha insonlar halok bo‘ldi.
Bir qator Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Ukraina ham samolyotga raketa zarbasi berilgani haqidagi versiya mavjudligini inkor etmadi. Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, shuningdek, AQShning qator ommaviy axborot vositalari razvedka xizmati va Oq uydagi manbalarga tayanib, Eron raketasi samolyotni tasodifan urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etishmadi.
Tehron dastlab bunday taxminlarni rad etib, dvigatel avariyaga sabab bo‘lganini ta'kidladi.
Mavzuga oid

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

16:43 / 13.04.2025