Jahon | 01:52 / 13.01.2020
14781
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampning Eronga nisbatan siyosatini ma'qullamasligi aniqlandi

Foto: Reuters

Amerikaliklarning 56 foizdan ko‘prog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi. Bu Ipsos kompaniyasi va ABS News telekanali o‘tkazgan so‘rovnomada ma'lum bo‘ldi.

Shu bilan birga 43 foiz amerikaliklar bu borada Trampni qo‘llab-quvvatlashadi.  

52 foiz respondentlar  AQShning eronlik general Qosim Sulaymoniyga qarshi o‘tkazilgan maxsus amaliyoti AQSh xavfsizligiga yomon ta'sir qilishini aytishgan. Respondentlarning 25 foizi Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh avvalgidan yanada xavfsizroq bo‘lishini, 22 foizi esa amaliyot AQShga ta'sir qilmagani haqidagi fikrni bildirishgan. 

41 foiz so‘ralganlar Eron bilan urush bo‘lishi mumkinligidan biroz, 32 foizi esa anchagina xavotirda ekanliklarini bildirishgan. 20 foiz respondentlar esa bu muammodan deyarli tashvishlanmasliklarini, 7 foizi esa umuman xavotirda emasliklarini aytishgan.

So‘rovnomada 525 nafar kishi ishtirok etgan.

Bu orada Tramp AQSh va dunyo Eronda mamlakat rahbariyati Ukrainaga qarashli yo‘lovchi samolyot eronlik harbiylar tomonidan urib tushirilganini tan olgandan keyin boshlangan norozilik namoyishlari ortidan kuzatayotganini aytgan. 

“Eron yetakchilari namoyishchilarni o‘ldirmang. Bungacha ulardan minglab nafari o‘ldirildi yoki qamoqqa olindi, dunyo buni kuzatmoqda. Yanada ham muhimi, buni AQSh kuzatmoqda. Internetni yoqib, jurnalistlarga erkin harakatlanishga ijozat bering”, deb yozgan Tramp tvitterda.

“Buyuk xalqingizni o‘ldirishni bas qiling!”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

Mavzuga oid