O‘zbekiston | 09:11 / 14.01.2020
1363
3 daqiqa o‘qiladi

Nukusda opera san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

Opera san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida  opera san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish;

maktab-internat uchun bino va inshootlarni, shu jumladan, 100 o‘rinli 2 ta o‘quv binosi, 50 o‘rinli yotoqxona va oshxona binosini qurish bo‘yicha taklifi ma'qullanishi mumkin.  

Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

o‘quvchilarni opera ijrochiligi yo‘nalishida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or pedagogik usullaridan keng foydalanish, o‘quv jarayoniga yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;

o‘quvchilarning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini ta'minlaydigan davlat talablari doirasida ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirish;

opera san'ati bo‘yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an'analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash;

ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish.

Belgilab qo‘yilishicha:

maktab-internat Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasasi hisoblanadi, Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;

2021/2022 o‘quv yilida maktab-internatning 8 va 9-sinflariga, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab esa 8-sinfiga 25 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Madaniyat vaziriga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Madaniyat vazirligi:

2021 yil 1 mayga qadar maktab-internatni jihozlash uchun musiqa cholg‘ulari va uskunalarning texnik parametrlarini ishlab chiqish;

2021 yil 1 iyulga qadar maktab-internatning ustavlarini tasdiqlash va ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlash;

2021 yil 1 sentyabrga qadar maktab-internatning samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash;

maktab-internatni darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda:

opera maktab-internatga bino va inshootlar qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta'minlaydi;

2021 yil 1 avgustga qadar maktab-internati bino va inshootlarini foydalanishga topshirish choralarini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid