Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdoga ulash uchun 1 mlrd dollar ajratadi
Amazon Hindiston kichik va o‘rta biznesini onlayn-savdo bozoriga olib chiqish uchun 1 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Jyeff Bezos Hindistonga tashrifi vaqtida ma'lum qildi.
BBC News xabar qilishicha, Bezos Hindistonni XXI asrda biznesni rivojlantirish uchun eng asosiy bozor deb atagan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Amazon 2025 yilga kelib Hindistonning 10 mlrd dollarlik mahsulotlarini eksport qiladi.
Hozirda kompaniya bu mamlakatga 5,5 mlrd dollarlik investitsiya kiritgan.
Xabar qilinishicha, Bezosning Hindistonga uch kunlik tashrifi kichik biznes vakillarining noroziliklariga sabab bo‘ladi. Ularning fikricha, Amazon o‘z platformasida arzon narxlarni taklif etib ularni daromadlaridan mahrum qilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025