Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanidagi YTH: ayol kishi halok bo‘ldi
Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 01:55da 102 raqamiga Shayxontohur tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Lutfiy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasida 28 yoshli, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi M.A. VAZ-2107 rusumli avtomobilni tegishli ruxsatnomasiz mast holatda boshqarib, boshqaruvni bajara olmasdan yo‘l chetiga chiqib ketgan va yo‘l chetida savdo qilib turgan 56 yoshli D.V.ni urib yuborgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi, ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olingan jarohatlar sababli hayotdan ko‘z yumdi.
Hozirgi vaqtda ushbu fakt bo‘yicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
16:23 / 29.07.2024